Soliq maslahatchilari tashkiloti · SMT
Raqamlardan qarorgacha
Soliqda aniqlik, biznesda ishonch.
Soliq maslahati, buxgalteriya hisobi va MSFO bo'yicha professional xizmatlar.
“EXFIN PARTNERS” MChJ SMT·STIR 313381137
Soliqdan hisobotgacha, bir jamoada
Yo'nalishni tanlang. Har bir loyihani hujjatlaringiz bilan tanishib, ish hajmi va muddatni kelishib boshlaymiz.
SoliqSMT maqomiAsosiy yo'nalish
Soliq maslahatchilari tashkiloti sifatida maslahat beramiz
Korxonangiz soliq majburiyatlarini to'g'ri hisoblash, risklarni oldindan aniqlash va soliq organlari bilan munosabatlarda yordam beramiz.
- Doimiy soliq maslahati va yozma xulosalar
- Soliq risklari diagnostikasi
- Shartnoma va bitimlarning soliq tahlili
- Soliq hisobotlarini tayyorlash va tekshirish
- Norezidentlar bilan bitimlar soliqqa tortilishi
- Soliq tekshiruvlariga tayyorgarlik va ko'mak
- Soliq organlari bilan munosabatlarda vakillik
- Soliq imtiyozlari va maxsus rejimlar tahlili
Buxgalteriya
Hisob yuritish va hisobot
Buxgalteriya hisobini yo'lga qo'yamiz yoki tiklaymiz, oylik, choraklik va yillik hisobotlarni o'z vaqtida tayyorlaymiz.
- Hisobni tiklash va tartibga solish
- Hisob siyosati va hisobvaraqlar rejasi
- Moliyaviy hisobotlar
- Soliq hisobotlari
MSFO
Transformatsiya va konsolidatsiya
Milliy standartlar (BHMS) bo'yicha yuritilgan hisobni MSFOga o'tkazamiz, guruh hisobotini konsolidatsiya qilamiz va hisob siyosatini standartlarga moslaymiz.
- Transformatsiya jadvallari va tuzatishlar
- Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot
- MSFO bo'yicha hisob siyosati
- Izohlar va oshkor qilinadigan ma'lumotlar
Audit
Ichki audit va nazorat
Ichki audit o'tkazamiz, tashqi auditga tayyorlaymiz va nazorat tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish rejasini tuzamiz.
- Ichki audit va jarayonlar tekshiruvi
- Tashqi auditga tayyorgarlik
- Ichki nazorat tizimini baholash
- Tuzatish choralari rejasi
Moliya
Boshqaruv hisobi va tahlil
Rahbariyat uchun tushunarli hisobotlar, byudjet va moliyaviy modellar tuzamiz, raqamlarni qarorga aylantiramiz.
- Boshqaruv hisobotlari
- Byudjetlashtirish
- Reja-fakt tahlili
- Moliyaviy model va baholash
Qanday ishlaymiz
Dastlabki suhbat
Vazifangiz, muddatlar va mavjud hujjatlarni muhokama qilamiz.
Diagnostika va taklif
Hujjatlarni ko'rib chiqib, ish hajmi, muddat va narxni yozma taklif sifatida beramiz.
Ijro
Ishni bosqichma-bosqich bajaramiz va har bir bosqich natijasini siz bilan kelishamiz.
Topshirish
Yakuniy hisobot, ishchi fayllar va izohlarni topshiramiz, keyingi savollarga javob beramiz.
Soliq maslahatchilari tashkiloti

Eldorbek Xasanov
Asoschi · ACCA DipIFR
“EXFIN PARTNERS” MChJ SMT soliq maslahatchilari tashkiloti sifatida faoliyat yuritadi. Tashkilotga soliq maslahatchisi malaka sertifikatiga ega mutaxassis rahbarlik qiladi.
Moliya va buxgalteriya sohasida 15 yildan ortiq tajriba. MSFO transformatsiyasi, soliq maslahati va audit bo'yicha loyihalarni olib boradi.
ACCA DipIFR va ACCA Advanced Diploma in Finance and Business diplomlari, auditor, ichki auditor hamda soliq maslahatchisi malaka sertifikatlariga ega. 2025-yil iyun sessiyasida ACCA'ning Audit and Assurance va Financial Management fanlari bo'yicha O'zbekistonda eng yuqori natija (Winner in Uzbekistan).
Malakani tasdiqlovchi hujjatlar
Lentani sichqoncha bilan suring · Sertifikatni bosib kattalashtiring
Maqolalar va darslar
Telegram kanal
Soliq, buxgalteriya va MSFO bo'yicha tushuntirishlar va amaliy misollar. Yangi materiallar avval kanalda chiqadi.
Aloqa
Vazifangizni muhokama qilaylik
Qo'ng'iroq qiling, elektron pochta yoki Telegram orqali yozing.
- E-pochta
- info@exfin.uz
- Telegram
- t.me/exfin_uz